O‘qituvchi · Registon ta’lim loyihasi asoschisi

Avazbek
Tulovov

2013-yilda ijara uydagi ikkita eski partadan boshlangan Registon bugun Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Buxorodagi xususiy maktablar, 14 hududdagi 60 dan ortiq o‘quv markazi va 30 mingdan ortiq o‘quvchiga aylandi. Bu yerda ta’lim, rahbarlik, tarbiya va shu yo‘lda o‘rganganlarim haqida yozaman.

2014
ilk loyiha — Registon o‘quv markazi
30 000+
o‘quvchi bugun ta’lim olmoqda
60+
filial, 14 hududda
2 000+
ustoz va xodim

Men haqimda

Qishloq bolasidan Registon asoschisigacha

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi oddiy qishloqda, dehqon oilasida ulg‘ayganman. Uyimizdagi kitob javoni va jadid bobolarimizning asarlari dunyoqarashimni shakllantirgan.

O‘zbekiston Milliy universitetining falsafa fakultetida tahsil olganman, keyin magistraturani tamomlaganman. 2011-yildan Toshkentda abituriyentlarga dars bera boshladim. 2013-yilda shogirdim bilan ijara uyda bir necha o‘quvchiga dars berishdan boshlangan ish «Registon» ta’lim loyihasiga aylandi.

Bugun Registon ta’lim loyihasi — bog‘chadan kasbgacha bo‘lgan yagona ta’lim yo‘li: Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Buxorodagi xususiy maktablar, 14 hududdagi o‘quv markazlari, litsey, nashriyot, onlayn ta’lim, imtihon markazi, tibbiyot texnikumi va 2026-yilda taqdim etilgan «Turkiston» maktabi. Men esa hamon o‘zimni avvalo o‘qituvchi deb bilaman.

Nimaga ishonaman

  • NatijaTa’limning haqiqiy qiymati o‘tilgan darslar sonida emas, o‘quvchida yuz bergan o‘zgarishda.
  • JamoaKuchli rahbarning eng katta yutug‘i — o‘zidan ham kuchli insonlarni bir maqsad atrofida birlashtira olishi.
  • IshonchOta-onaning ishonchi reklama bilan emas, natija va mas’uliyat bilan qozoniladi.
  • IlmBir zamonlar dunyo ilm izlab kelgan yurtga yana dunyo ilm izlab kelishini istayman.

Registon ta’lim loyihasi

Bolalikdan kasbgacha: bitta ta’lim yo‘li

11 ta loyiha — har biri yo‘lning bir bekati. Ma’lumotlar 2026-yil noyabr holatiga ko‘ra.

2014Registon o‘quv markazi

Ingliz tili, IELTS, CEFR va Milliy sertifikat kurslari. 60+ filial, 14 hudud.

2019Regbooks nashriyoti

Abituriyentlar uchun zamonaviy o‘quv adabiyotlari. 30 000+ kitobxon.

2023Registon xususiy maktabi

0–11-sinf, milliy va xalqaro standartlar uyg‘unligi. Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro.

2023Registon onlayn ta’lim markazi

Registon tizimidagi ta’lim har bir uyga.

2023Registon imtihon markazi

Mock imtihonlar va haqiqiy IELTS imtihoni bir joyda.

2024Registon bog‘chasi

Kichkintoy uchun ilk qadam: ta’lim yo‘lining boshlanishi.

2024Registon tibbiyot texnikumi

3 yilda tibbiyot xodimi kasbi.

·Registon litseyi

Ixtisoslashgan ta’lim, 9–11-sinflar, grant imkoniyati.

·Registon olimpiadalari

Maktab o‘quvchilarini xalqaro va mahalliy olimpiadalarga tayyorlash.

·Registon Camp

Rivojlanish va dam olish bir joyda: yangi bilim, sport va do‘stlar.

2026Turkiston maktabi

Matematika va ingliz tiliga ixtisoslashgan, qadriyatlarga tayangan maktab.

Ishonch va ma’rifat

  • Registon Onalar maktabiSabrli, ilmli va mehrli onalar makoni.
  • «Ilk Qadam» podkastiTa’lim va tarbiya haqida ochiq suhbatlar. 729 000+ ko‘rish.
  • Registonliklar jamoasi2 000+ ustoz va xodim. Registonda maydon berishadi, odam o‘sadi.

Yo‘l

Ikki eski partadan maktablargacha

  1. 2013
    Boshlanish

    Toshkent, ijara uy. Yangiobod bozoridan ikkita eski parta. Ko‘chalarga qo‘lda yopishtirilgan e’lonlar va birinchi o‘quvchilar.

  2. 2014
    Registon o‘quv markazi

    Ilk rasmiy loyiha. 600 nafar o‘quvchi va 20 dan ortiq xodim bilan boshlangan.

  3. 2015
    1500 nafar o‘quvchi

    Chilonzor filialida o‘quvchilar soni 1500 dan oshdi — o‘sha paytda Toshkentda mingdan ortiq o‘quvchili markazlar sanoqli edi.

  4. 2019
    Regbooks

    Abituriyentlar uchun o‘z nashriyoti ochildi.

  5. 2020
    Sinov

    Karantin. Xonalar bo‘shadi, majburiyatlar qoldi. Tashkilotning haqiqiy kuchi inqirozda bilinishini o‘rgatgan yil.

  6. 2023
    Birinchi maktab

    3-sentabr. Uch oy avval beton karkas bo‘lgan bino Toshkentdagi birinchi Registon xususiy maktabi sifatida ochildi. Shu yili onlayn ta’lim va imtihon markazlari ham ishga tushdi.

  7. 2024
    Bog‘chadan texnikumgacha

    Registon bog‘chasi va tibbiyot texnikumi ochildi. Maktablar Samarqand, Farg‘ona va Buxoroga yetib bordi.

  8. 2026
    «Turkiston» va 30 000+

    Registonning o‘n ikki yillik tajribasi asosida «Turkiston» maktabi taqdim etildi. O‘quvchilar soni 30 mingdan oshdi.

Har kuni bitta hikoya

Yangi maqolalar avval Telegram kanalda chiqadi

Ta’lim, rahbarlik va tarbiya haqida qisqa, samimiy va tajribaga asoslangan fikrlar.

@avazbek_tulovov ga obuna bo‘lish

Aloqa

Bog‘lanish

Hamkorlik, taklif yoki savollar uchun Telegram orqali yozing.